XODIMLARNING OILA AʼZOLARI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi shifokorlik boʻlimi, psixolog va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori tomonidan Taqiatosh tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbati mobaynida soʻzga chiqqan mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarkib orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida profilaktik suhbatlar olib borilib, xodimlar orasida har qanday salbiy holatlarning oldini olish, ularning xizmat intizomini mustahkamlashda oila aʼzolari bilan birga ishlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro suhbatlar oʻtkazildi. Tadbirda psixologlar tomonidan xodimlarning oila aʼzolari bilan psixologik seminar-treninglar oʻtkazildi.
Ushbu tadbirning oʻtkazilishida faol ishtirok etgan mutaxassislarga Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻining tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.