AHOLI MOL-MULKLARI HIMOYASI YUZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar bilan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi xizmatlarining afzalliklari yuzasidan viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Yurtdoshlarimizga soha faoliyatining asosiy vazifalari, maxsus qurilmalar orqali hududlarda oʻgʻirlik va boshqa turdagi jinoyatlarning keskin kamayganligi va shunga oʻxshash bir qator dolzarb masalalar yetkazildi. Darhaqiqat, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyalar asrida xar birimiz xavfsizlik masalasiga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Eʼtiborlisi shundaki, qoʻriqlov signalizatsiya vositalari bugungi kunda jamiyatdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Targʻibot tadbirlari davomida xizmatdan foydalanish istagini bildirgan fuqarolar bilan hujjatlar rasmiylashtirildi.