Yangiliklar

18 Aprel 2025

"Oʻtmishsiz kelajak yoʻq!" shiori ostida muzeylarga tashrif uyushtirildi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Oʻtmishsiz kelajak yoʻq!" shiori ostida muzeylarga tashrif uyushtirildi.
Mazkur sayohatlar davomida xodimlar mutaxassislar tomonidan qoʻlyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, meʼmoriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat zallar bilan tanishtirildi.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur tashriflar xodimlarning nafaqat Oʻzbekiston tarixini, balki oʻz davlat qurilishiga qoʻshgan hissasini yanada chuqurroq anglashga sabab boʻldi. Mustaqillik neʼmatini anglash va vatanga sadoqat bilan xizmat qilish muhimligini yana bir bor eslatdi. Ushbu sayohatlar tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, xodimlarning vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga katta hissa qoʻshadi.