XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK BUZILISHINI OLDINI OLISH MAQSADIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, tizimda sodir etilishi mumkin boʻlgan turli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, tamagirlik va boshqa shunga oʻxshash salbiy holatlarni oldini olishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala hisoblangan shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xizmat oʻtashni tashkillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning ahvoli, bu yoʻnalishdagi yoʻl qoʻyilib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma-bir muhokama qilinib, asosiy eʼtibor kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga qaratildi.
"Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlar fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vataniga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, taraqqiyotning eng asosiy toʻsiqlaridan biri boʻlgan korrupsiya balosiga qarshi keskin va ayovsiz kurash olib borish lozimligi qayd etib oʻtildi.
Bu kabi muhokama yigʻilishlari tizimli olib borilishi, xizmat intizomi va qonunchilik talablarini buzgan har qanday toifadagi masʼul rahbar va xodimlarga nisbatan keskin taʼsir choralari qoʻllanilishi qatʼiy belgilandi.