“BIRLASHSAK, BIZ KUCHMIZ” DEB NOMLANGAN VATANPARVARLIK TADBIRI OʻTKAZILDI
Bugun mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni yurt koriga yaraydigan barkamol, intellektual salohiyatga ega vatanparvar insonlar etib ulgʻaytirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda esa Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida umumtaʼlim maktablarida qator vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Bulungʻur tumanidagi 69-umumtaʼlim maktabida “Birlashsak, biz kuchmiz” deb nomlangan navbatdagi vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.
Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida sportning kamondan otish, tosh koʻtarish va arqon tortish kabi turlari boʻyicha musobaqa ham oʻtkazildi. Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.