Yangiliklar

10 Oktyabr 2024

Otaliqqa olingan yoshlar bilan vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasiga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar uchun Xiva shahridagi "Ichan qalʼa" tarixiy yodgorlik majmuasida hamda Yangibozor tumanida vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlarda Qurolli Kuchlar faxriylari, yoshi ulugʻ oqsoqollar ham ishtirok etib, davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosatning amaldagi isbotini yoshlarimiz tomonidan qoʻlga kiritayotgan natijalar isbotlab turganligini gapirib oʻtdilar.

Tadbirlar davomida yoshlar uchun Harbiy orkestrning chiqishlari, anjom-aslahalar va harbiy texnikalar koʻrgazmasi namoyish etildi hamda sportning kamondan otish turi boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.