Yangiliklar

14 Iyun 2023

ETNOSPORTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA YANA BIR BELLASHUV O‘TKAZILDI

Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida kuni kecha Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan etnosport turlari doirasida musobaqa tashkil etildi.

Ushbu sport turlarini yigit-qizlar orasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tkazildi.

8 yosh toifalari o‘rtasida o‘zbek jang san’atining "Mergan chavandoz – mergan sportchi” hamda “Temuriylar bellashuvi" yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun o‘zaro kuch sinashdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakunida g‘olib bo‘lgan sportchilar tashkilotchilarning diplom va medallariga hamda 16-19 iyun kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadigan ushbu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ladilar.