Yangiliklar

19 Oktyabr 2024

“Ona tili – Millat maʼnaviyatining mustahkam poydevori” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

Yosh xodimlarni vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yoʻlida bor salohiyati bilan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir etib tarbiyalash, bu borada zaruriy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Ona tili – Millat maʼnaviyatining mustahkam poydevori” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan viloyat Ichki ishlar hamda "Qoʻriqlash" boshqarmalari Faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan bugungi kunda Milliy gvardiya tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, soha xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtildi.Dastavval tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlgani munosabati bilan muborakbod etildi.
Qolaversa tilimizning millat yuksalishi va farovonligi yoʻlida naqadar ahamiyatli ekanligi xususida soʻz bordi.
Mustaqillik yillarida Ona tilimizga boʻlgan eʼtibor yuksalgani bor gap, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida tadbir ishtirokchilari yana bir bor kengroq maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Uchrashuv chogʻida Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmalarining Faxriylar kengashi aʼzolari tom maʼnodagi shogirdlariga oʻzlarining hayot yoʻllari, yurt tinchligi, uning osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashda koʻrsatgan fidokorona xizmatlari hamda faoliyati davomida erishgan yutuqlari toʻgʻrisida soʻzlab berdilar. Bugungi tinch, osuda va dorilamon kunlarni qadriga yetish, mamlakat tinchligi va ravnaqi uchun har birimiz masʼul ekanligimiz xususida ham toʻxtalib oʻtdi.
Bugun hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibor tufayli ular fan, madaniyat va sport sohalarida erishib kelayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etildi.
Albatta, bu kabi tadbirlar har bir vatan posboni yoyingki vatan tayanchi-yu qalqoni boʻlishga otlangan yosh avlodni yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.