Yangiliklar

9 Sentyabr 2025

Xizmatga yangi qabul qilingan harbiylashtirilgan nazoratchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida harbiylashtirilgan boʻlinmalar uchun oʻtkazilgan saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bir guruh fuqarolar hamda ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda boshqarma rahbariyati va Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari tomonidan bugungi kunda qoʻriqlash tizimidagi islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Uchrashuvda nomzodlarni saralash jarayonlari shaffof va ochiq tarzda tashkil etilganligi, yoshlar oʻz jismoniy imkoniyatlari, bilim va salohiyati bilan xizmatga qabul qilinganligi taʼkidlanib, hozirda uchrayotgan firibgarliklarga aldanib qolmasliklari tushuntirildi.

Xodimlar oʻrtasida intizom buzilishi, yoʻl-transport hodisalari, turli koʻngilsiz holatlar, tamagirlik holatlarini oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Xizmatga doir meʼyoriy hujjatlar tushuntirilib, sohada xizmat qilish masʼuliyati, qonunchilikka rioya etish talablari yetkazildi.