Yangiliklar

29 Iyun 2024

XIZMAT INTIZOMIGA RIOYA ETISH BOʻYICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Bugungi kunda sohada xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikka rioya etishlari, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishlari yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Harbiy prokuratura xodimlari ishtirokida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda soʻz olganlar, xodimlarning xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtlarida rahbariyat tomonidan qoʻyilgan talablarga toʻliq rioya etishlari, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarini oʻynamaslik, fuqarolar bilan muloqot vaqtida xushmuomalada boʻlishlar va boshqa qator masalalar xususida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar. Bundan tashqari shaxsiy avtotransport vositalari mavjud xodimlarga ham yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari, avtotransport vositalarini oʻz vaqtida texnik koʻriklardan oʻtkazib turishlari haqida ogohlantirildi.
Uchrashuv yakunida barcha masʼullarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibga mazkur masalalarning toʻliq mazmunini yetkazishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.