Yangiliklar

8 Noyabr 2025

Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda Guliston shaharlararo Qoʻriqlash boʻlimida xizmat qilayotgan xodimlarning yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga bugungi kunda qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar, yoʻl qoidalariga doimiy rioya qilish, shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarish davomida yuzaga keladigan koʻngilsiz hodisalar, avtotransport vositalarini boshqarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari, avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralariga amal qilgan holda boshqarishlari hozirgi kunda koʻp sodir etilayotgan koʻngilsiz yoʻl-transport hodisalari boʻyicha videoroliklar namoyish etilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek tezkor harakatlanuvchi guruhning xizmat avtotransport vositalarining hujjatlari ham yana bir bor koʻzdan kechirildi.