Sohada xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Tadbir yakunida oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomini buzish holatlari, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oldini olish choralari hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish haqida soʻz yuritildi.