SULTON UVAYS QARONIY ZIYORATGOHIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan, Yangiqoʻrgʻon tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
Ziyoratgohda xalq orasida mashhur baliqli koʻl, muzey va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishdilar. Sayohat barchada katta taassurot uygʻotdi, bunday tadbirlar xodimlarning oʻzlari yashab turgan hudud tarixi, ajdodlarimiz bilan gʻurur va faxr tuygʻularini his qilishlariga xizmat qiladi.
Quvonarlisi shundaki, mazkur ziyoratgoh ziyorat turizmini rivojlantirishda Namangan viloyatining tashrif qogʻoziga aylangan. Bugun muborak qadamjoni ziyorat qilish istagida nafaqat yurtimiz shaharu qishloqlaridan, balki xorijiy davlatlardan ham koʻplab sayyohlar tashrif buyurmoqda.
Bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tumanlar kesimida ham ommalashtirish maqsad qilib belgilangan.