Yangiliklar

4 May 2024

JIZZAX SHAHRIDAGI SHAROF RASHIDOV UY-MUZEYIGA TASHRIF TASHKIL ETILDI

9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorligida Jizzax shahridagi Sharof Rashidov uy-muzeyiga tashrif tashkil etilib, faxriylar, harbiylar va yoshlar ishtirokida “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostida “Avlodlar uchrashuvi” ham oʻtkazildi.
Uy-muzeyiga sayohat davomida davlat arbobi Sharof Rashidov hayoti bilan bogʻliq bir qator eksponatlar bilan tanishdilar. Muzey ilmiy xodimi tadbir ishtirokchilariga Sharof Rashidovning hayot yoʻli, Jizzax viloyatida amalga oshirgan bunyodkorlik faoliyati haqida soʻzlab berar ekan, nafaqat davlat va siyosat arbobi ekanligi, balki yuksak isteʼdod sohibi va buyuk ijodkor shaxs ekanligini ham taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar tomonidan faxriylar, harbiy xizmatchilar, hamda tadbir ishtirokchilariga sharaf lentalari taqib qoʻyildi.