Yangiliklar

20 Iyul 2024

ARXEOLOGIK TOPILMALAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI

Surxondaryo viloyatidagi mavjud tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish hamda shaxsiy tarkibning dam olish kunlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Arxeologiya muzeyiga navbatdagi sayohat tashkil etildi.

Xodimlar muzeydagi nodir eksponatlar, oʻtmishimizga oid tarixiy yodgorliklar, oʻzbek tarixchiligi hamda qadimiy asori-atiqalar bilan yaqindan tanishib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Muzey mutaxassislari tomonidan qadimiy topilmalarning tarixi haqida tushunchalar berildi.

Aytish kerakki, Termiz arxeologiya muzeyida Bronza (miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar) eramizning XV asrigacha boʻlgan topilmalar, paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlariga oid eksponatlar, qadimgi Yunon-Baqtriya madaniyati, Surxon vohasining oxirgi bronza va ilk temir davrlariga oid moddiy madaniyat namunalari kabilar joy olgan.