XODIMLARNING FARZANDLARI UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Termiz shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari hamda ularning farzandlari uchun shahardagi Tarix va madaniyat muzeyi va "Vatanparvarlar bogʻi"ga sayohat uyushtirildi.
Muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishish asnosida xodimlar farzandlariga boy tarixiy merosimiz, oʻtmish va qadriyatlarimiz haqida soʻzlab berdilar. Tadbir davomida yoshlar milliy rassomchilik va hunarmandchilik namunalarining tarixi haqida ham koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻlishib, mazmunli hordiq chiqarishdi.
"Vatanparvarlar bogʻi"dagi harbiy texnikalar bolajonlarga katta qiziqish uygʻotdi. Aytish kerakki, bu hudud yoshlarga milliy armiyamizning tarixi va buguni haqida maʼlumotlar berish bilan birga ularda harbiy Vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda xizmat qilyapti. Ushbu maskanga sayohat qilgan ertamiz davomchilarining sharafli soha haqidagi tasavvurini boyitishda muhim omil boʻldi.