Yangiliklar

25 Yanvar 2025

Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu kabi uchrashuvlar hududlarda doimiy ravishda oʻtkazilib, xodimlar oila aʼzolari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Uchrashuv "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faxriylarini taklif etgan holda oʻtkazildi.
Uchrashuvda soʻz olgan bugungi kunda mamlakatimizda Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, tinch va osuda hayotimizga shukronalik, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligi xususida soʻz yuritdilar.
Tadbir davomida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan faoliyat davomida erishilgan yutuq va kamchiliklarga toʻxtalib, intizom buzilish holatlari, yoʻl transport hodisalari, turli taʼmagirlik holatlari va korrupsiyaga qarshi kurash, pora olish (berish) va unda vositachilik qilish, firibgarlik kabi sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarni oldini olish, jinoyatlarning ogʻir oqibatlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga maʼlumotlar berilib, videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir soʻngida sohada xizmat olib borish davomida zimmasiga yuklatilgan vazifalarga masʼuliyat bilan yondashib, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdan yuqori natijalarga erishib, oʻzining fidoyiligi va jonbozligi bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlarning oila aʼzolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatida yangada sergak va mustahkam intizom asosida xizmat oʻtashlarida katta ahamiyat kasb etadi.