Yangiliklar

3 Iyun 2025

Xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Oʻzaro ochiq muloqot davomida bugungi kunda mamlakatimizda tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, tinch va osuda hayotimizga shukronalik, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xizmat davomida intizom buzilish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, yigʻilganlar yoʻl transport hodisalari, turli tamagirlik holatlari va korrupsiyaga qarshi kurash, pora olish (berish) va unda vositachilik qilish, firibgarlik kabi sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarni oldini olish, jinoyatlarning ogʻir oqibatlari yuzasidan ham suhbatlashishdi.

Bu kabi tadbirlar xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatida yangada sergak va mustahkam intizom asosida xizmat oʻtashlarida katta ahamiyat kasb etadi.