Shaxsiy tarkib uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi
Shaxsiy tarkibning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, maʼnaviy dunyosini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida bugun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamentida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur kitob yarmarkasida jahon va oʻzbek namoyandalarining ajoyib asarlari jamlangan boʻlib xodimlar ushbu yarmarka orqali oʻzlari uchun zarur boʻlgan kitoblar jamlanmasini olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari maxsus chegirmalar xam tashkillashtirilib, xodimlar ushbu imkoniyatlar orqali maʼnaviy salohiyatlarni yanada oshirdi desak adashmagan boʻlamiz.
Taqdim etilgan bir qator adabiyotlar, ayniqsa buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida, shuningdek, taniqli adiblarimiz Oʻtkir Hoshimov, Tohir Malik hamda jahon adabiyoti namoyandalarining qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.