Navbatdagi intellektual oʻyin tashkil etildi
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan navbatdagi “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Bellashuv, Surxondaryo viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida tashkil etilib, bilim va tafakkur sinoviga aylangani bilan ahamiyatli boʻldi.
Qizgʻin kurashlarga boy tarzda boʻlib oʻtgan bilimlar sinovlarida jamoalar oʻzlarining bor bilim hamda salohiyatlarini namoyish etishdi. “Zakovat” intellektual oʻyinini mutaxassislar odilona va shaffoflik bilan baholab borishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin — Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi
2-oʻrin — Janubiy Operativ qoʻmondonligi
3-oʻrin — Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdilar.
Gʻolib jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir yosh xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviylikni rivojlantirish va ularni ijtimoiy faollikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.