Yangiliklar

26 Dekabr 2024

YANGI YIL SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Bugun Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami oldidan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Tashkillashtirilgan savdo yarmarkasi yurtimiz tinchligi, fuqarolar xotirjamligi, mamlakatimiz daxlsizligini taʼminlab kelayotgan soha xodimlari uchun qulay boʻldi. Yarmarka, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlar tomonidan sifatli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, meva-yu sabzavotlar, ichimliklar va boshqa isteʼmol tovarlari bilan arzon narxlarda toʻldirildi. Yarmarkaga barcha shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, yangi yil dasturxoni uchun turli noz-neʼmatlarni xarid qildilar.
Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, xonadonlarida yangi yilni oʻzgacha zavq-shavq bilan kutib olishga xizmat qildi.