Yangiliklar

3 Iyun 2024

MUZEYGA EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

Yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ulardagi vatanimizning oʻtmishi va buguni haqidagi tushunchalarni yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur ekskursiyada bolajonlar urush davrining asosiy voqealari, viloyatning tarixi hamda hozirgi kundagi faoliyati, qadimiy eksponatlar haqidagi bilimlarga ega boʻldilar.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – milliy madaniyatimiz, boy tarixiy meroslarimizni oʻrganish, qolaversa, soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdan iboratdir.

Close menu