SAMARQAND SHAHRIDA JOYLASHGAN AFROSIYOB MUZEYIGA EKSKURSIYA UYUSHTIRILDI
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan Afrosiyob muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Tashrif davomida dastlab xodimlar qadimiy xalqlarning davlatchiligi va yurishlari tarixi bilan tanishishdi.
Xodimlarga Afrosiyob viloyat tarixi, bu maskanlarda yashagan mahalliy xalqlarning turmush tarzi haqida soʻzlab berishdi. Shundan soʻng xodimlar muzeydagi asori-atiqalar bilan tanishtirildi. Bir olam taassurotlar bilan muzeyda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.
Muzeyga uyushtirilgan bu kabi sayohatlar xodimlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.