Yangiliklar

3 Dekabr 2024

Samarqand shahrining tarixiy obidalariga sayohat tashkil etildi

Samarqand viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Faxriylar kengashlari hamkorligida Samarqand shahrining tarixiy obidalariga sayohat tashkil etildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va foydali oʻtkazish, ularga Samarqandning boy tarixiy merosini tanitish, milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini tushuntirish va tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Sayohat davomida oʻquvchilar Samarqandning Registon maydonida boʻlib, xalqimizning madaniyati va tarixiga oid muhim maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bunday tadbirlar yosh avlodni vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshadi, albatta.
Tarix va kelajak tutashgan ushbu zamindagi qisqa sayohat bolajonlar xotirasida uzoq vaqt unutilmas bir olam taassurotlar bilan saqlanib qolishi, shubhasiz. Ushbu sayohat orqali ularning tarixning jonli koʻzgusi boʻlgan qadimiy shahardagi zalvorli oʻtmish bilan yaqindan tanishdilar.