Yangiliklar

24 Aprel 2025

“BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON” AKSIYASI ORQALI BEGʻARAZ MEHR ULASHILDI

Aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida donorlik aksiyalari oʻtkazib kelinmoqda. "Bor mehrimiz senga, bolajon" shiori ostida boʻlib oʻtgan navbatdagi xayriya aksiyasida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etishdi.
Ushbu qon topshirish aksiyasi bemor qalblarga, ayniqsa onkologik kasalliklar bilan xastalangan bolajonlarni sogʻlomlashtirish va salomatligini tiklash maqsadida viloyat qon quyish stansiyasi mutaxassislari hamda Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Muntazam tashkil etib kelinayotgan aksiyalarda donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham boʻlsa mutaxassislarning begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan saʼy harakatlarining natijasidir.