HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI DOIRASIDA MULOQOTLAR OʻTKAZILDI
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar doirasida Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya boʻyicha boshqarmasida "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya boʻyicha boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi masʼul xodimlari, shuningdek Qarshi harbiy prokurori oʻrinbosari va Qashqadaryo viloyati IIV YXHB masʼul inspektori hamkorligida harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.