Uyushmagan yoshlar ishtirokida sayyor qabul hamda vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi
Yoshlar kelajagimiz egalaridir. Shu oʻrinda ularga keng imkoniyatlar yaratish, shart-sharoit bilan taʼminlash, boʻsh ish oʻrinlarga joylash, ulardagi mavjud muammolarni oʻrganish va hal etish, shu bilan birgalikda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida joylashgan “Istirohat bogʻi”da hamkor tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tumandagi 14 ming uyushmagan yoshlar ishtirokida sayyor qabul hamda vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Yoshlar tomonidan ishga joylash, kredit olish, oʻquv toʻlovlarni toʻlash, taʼlim kreditlarini olish, davlat tashkilotlariga ishga kirishi (harbiy yoki xodimlikka) boʻyicha murojaatlari eshitilib, joyning oʻzida hal etilib, ular yoʻnaltirildi.
Bundan tashqari, yoshlar uchun Xoʻjaobod tuman "Qoʻriqlash" boʻlimiga sayohat uyushtirilib, xizmat afzalliklari boʻyicha tushuntirishlar, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib oʻtildi. Tadbir yakunida esa bolajonlar diqqatiga harbiy chiqishlar, qurol-yaroq koʻrgazmasi, ot sporti, kamondan otish va boshqa sport turlari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.