XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN SAYYOR QABUL TASHKILLASHTIRILDI
Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar saflarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda sayyor qabul va boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Tadbirda Xorazm viloyati "Qoʻriqlash boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila aʼzolari ishtirok etdi. Tadbir davomida ularning ijtimoiy himoyasiga doir qonunchilik mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning murojaatlarini ijobiy hal qilish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, sohalar kesimida xar bir tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, masʼullar tomonidan nazoratga olindi.
Sayyor qabul jarayonida 36 ta murojaat tinglanib, murojaatlarni 5 tasi joyida hal qilingan boʻlsa, 17 tasi vakolatli idoralarga yuborildi, 14 tasiga esa tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 11 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yoʻllanmalar berildi.