Yangiliklar

13 Noyabr 2025

“E-patrul” tizimi boʻyicha dars mashgʻuloti tashkil etildi

Bugungi kunda maʼmuriy huquqbuzarliklarni erta aniqlash, mazkur soha boʻyicha maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha xodimlarning bilim malakalarini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Qoʻriqlash departamenti masʼullari ishtirokida “E-patrul” tizimi boʻyicha, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash va rasmiylashtirish jarayonlari, bu borada xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv tashkil etildi.

Shu bilan bir qatorda, barcha shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlarining mazkur sohadagi amalga oshirgan ish natijalari sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.