MAKTABLAR VA OILALARDA PSIXOLOGIK MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISHGA QARATILGAN OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI
Milliy gvardiyaning malakali psixologlari tomonidan, Qashqadaryo viloyati umumtaʼlim muassasalarining mutaxassis-psixologlari bilan, maktablar va oilalarda psixologik muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi
Mazkur seminarda Milliy gvardiya organlarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan birgalikda harbiy xizmatchi, xodimlarni maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy dunyosini yanada shakllantirish, psixologik-ruhiy muhitni mustahkamlash, oilasini oʻrganish, yashash turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan bir qator amaliy tadbirlar, shuningdek xodimlar va ularning oila aʼzolarini maʼnaviy ozuqa olishi uchun ham keng sharoitlar yaratib berilganligi haqida soʻz yuritildi.
Bundan tashqari maktabda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida qonun buzilishlarga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, sababsiz darsdan qolayotgan oʻquvchilarni aniqlash, sabablarini oʻrganish hamda taʼlim olishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf qilish muhim vazifa ekanligi taʼkidlandi.