RUHIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI
Samarqand viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida, sogʻlom, maʼnaviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kuni kecha xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishlariga koʻmaklashish maqsadida "Soʻzda, fikrda, ishda birdamlik" navbatdagi amaliy trening oʻtkazildi.
Trening davomida salbiy holatlarni oldini olish, jamoada maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yoʻlini topish, harakatlarga toʻgʻri baho berish kabi muhim maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, har bir xodim bilan individual chuqurlashtirilgan psixodiagnostik suhbatlar oʻtkazildi. Aytish kerakki, bu kabi mashgʻulotlar jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.