Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Tadbirda tibbiyot xodimlari ishtirok etib, xodimlarga birinchi yordam koʻrsatish usullarini amalda namoyon etdilar. Mutaxassislar tomonidan birlamchi yordam koʻrsatishning asosiy qoidalari, turli jarohatlar holatida zudlik bilan koʻriladigan chora-tadbirlar hamda birinchi yordam koʻrsatishda turniketlardan toʻgʻri foydalanish haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bu kabi mashgʻulotlar shaxsiy tarkibning har qanday favqulodda vaziyatlarda tez va samarali harakat qilishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Tadbir ishtirokchilari nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaldagi koʻnikmalarga ham ega boʻlishdi, bu esa ularning tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.