Yangiliklar

6 Fevral 2024

XODIMLAR UCHUN NAVBATDAGI PSIXOLOGIK TRENING BOʻLIB OʻTDI

Psixologiya - inson shaxsi, uning ichki dunyosi haqidagi bilimlarning murakkab sohasidir. Psixologik treninglar natijasida kishiga oʻz tajribasidan maʼlum boʻlgan sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuygʻu va insonning alohida qobiliyatlari, isteʼdodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy hodisalar haqidagi bilimlarni jamlash imkonini beradi.
Kuni kecha Milliy Gvardiya Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida navbatdagi psixologik trening oʻtkazildi.
Mazkur trening davomida xodimlarda shukronalik hissini uygʻotish, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish eng sharafli burch ekanligi alohida taʼkidlandi.
Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan interaktiv mashgʻulotlar olib borilib, insonlarda duch kelish mumkin boʻlgan salbiy va ijobiy holatlar dinamikasi, ijobiy mukammallikka erishish sirlari toʻgʻrisida fikr mulohazalar yuritildi.
Psixologik trening ishtirokchilari ushbu uchrashuv orqali oʻzlariga kerak boʻlgan bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.