Yangiliklar

14 Oktyabr 2024

Idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Kuni kecha tashkil etilgan davra suhbatida, umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining vazifalari, sergaklik va hushyorlik bilan bajarishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Ushbu tadbirda maktab va uning mol-mulkini muhofaza qilish, javobgarlik hissini oshirish, ishchi-xizmatchilarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ehtiyotlikni talab qiluvchi vaziyatlarda harakat qilish koʻnikmalarini yaxshilash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Tadbir davomida xizmatchilarga xos sifatlarni rivojlantirish, xavfsizlik standartlariga rioya qilish va xavfsizlik choralarini samarali amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Milliy gvardiyaning bunday tashabbuslari, albatta, taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash va huquqiy tartibni mustahkamlash yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Ushbu jarayonda barcha ishtirokchilarning masʼuliyati va faolligi, yosh avlodning xavfsizligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.