Yangiliklar

13 Aprel 2024

JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH HAMDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari adliya polkovnigi O.A.Xolboyev, "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Fargʻona harbiy prokuraturasi, Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi vakillari hamda videoselektor tarzida barcha shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor oʻyinlari, spirtli ichimlarga ruju qoʻyish va shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda harakat xavfsizligiga rioya etmaslikning ayanchli oqibatlari xususida soʻz yuritildi. Shu bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan xizmat davomida qoʻl urilayotgan jinoyatchilik holatlari yuzasidan tanqidiy muhokamalar oʻtkazildi
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.