Yangiliklar

7 Avgust 2024

XODIMLARNING NAZARIY BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHGA BAGʻISHLANGAN DAVRA SUHBATI

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan totalizator, virtual va turli koʻrinishdagi internet oʻyinlarining salbiy oqibatlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida kiberjinoyatlarga qarshi kiberimmunitetni shakllantirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda maʼruzachilar mavzu yuzasidan dolzarb masalalarga toʻxtalib oʻtishdi. Xususan, bugungi kunda avj olayotgan totalizator oʻyinlarning salbiy oqibatlari turli xil koʻrinishdagi kiberjinoyatlar va ularga eltuvchi yoʻllar tushuntirib berildi. Halol mehnat evaziga pul topish oʻrniga yengil yoʻllarni qidirib turli xil firibgarlar tuzogʻiga tushib qolayotgan insonlarning hayoti misollar bilan shaxsiy tarkibga yetkazildi. Darhaqiqat, bugungi rivojlanib borayotgan davrda mazkur yoʻnalish borasida salbiy illatlarga qarshi tinimsiz kurash olib borilishi, ijtimoiy hayot normasini buzishga qaratilgan xar qanday koʻrinishdagi harakatlarga murosasiz javob qaytarilishi alohida taʼkidlandi. Tadbir soʻngida ushbu illatlar girdobiga tushib qolgan insonlarning ayanchi qismati bilan bogʻliq videolavhalar namoyish etildi.