Yangiliklar

8 Aprel 2024

“VATAN HIMOYASI – OLIY BURCH” SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI TADBIRI OʻTKAZILISHI TASHKILLASHTIRILDI

Ertamiz egalari boʻlgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa harbiy-vatanparvarlik ruhini ularning qalbida yuksaltirish, maʼnaviy barkamol, aqlan yetuk, jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda aniq va manzilli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu boradagi amaliy ishlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida Shayxontohur tumanida joylashgan 10-sonli maktab oʻquvchilari uchun “Vatan himoyasi – oliy burch” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri oʻtkazilishi tashkillashtirildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar, markazda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sport toʻgaraklari, qurol-aslaha hamda maxsus texnikalar, xizmat otlari, ularning vazifalari bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda, oʻquv qurollarini toʻliqsiz qisimlarga ajratish va yigʻish borasida amaliy mashgʻulotlarni oʻzlari tomonidan bajarib koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.