"XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON!" SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun "Xalq va armiya – bir tanu bir jon!" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
"Qoʻriqlash" boshqarmasida boʻlib oʻtgan tadbir avvalida yoshlarga vatanparvarlik, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchalar berildi.
Kun tartibiga muvofiq yoshlar, mutaxassislar tomonidan "Qoʻriqlash" xizmatida yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning xizmat olib borish tartibi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Bundan tashqari, oʻquvchilar uchun "Qoʻriqlash" boshqarmasida tashkil etilgan Muzey hamda kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Shundan soʻng, kamondan otish boʻyicha tashkil etilgan mashgʻulotida oʻquvchilar oʻz mahoratlarini oshirish imkoniga ega boʻldilar.
Tadbir yakunida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirilib, mutasaddilar tomonidan muzey tarixi va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, ushbu mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berildi