YOSHLAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI TADBIRI OʻTKAZILDI
Yoshlar qalbida harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yanada yuksaltirish, ularni har tomonlama bilimli, maʼnaviyati yuksak, dunyoqarashi keng boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash hamda Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida tinglovchilarga sifatli huquqiy taʼlim berish borasida tajriba almashish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchilari hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri oʻtkazildi.
Tashrif davomida tadbir mehmonlarga oʻquv markazining faoliyati, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xizmatda foydalanib kelinayotgan maxsus vosita va qurollar, ularni ishlatish tartib-qoidalari, soha xodimlarining xalqimiz tinchligi, fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlashda amalga oshirib kelayotgan masʼuliyatli vazifalari shuningdek, markazda tashkil etilgan sport toʻgaraklari bilan yaqindan tanishtirildi.