Yangiliklar

27 Mart 2024

YOSHLAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI

Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularning ongida vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bugungi kunda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Uychi tumani 23-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi "Qalqon" maxsus guruh nodavlat taʼlim muassasasi o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, unda oʻquvchi yoshlar boshqarmada xodimlarning xizmat olib borishlari va madaniy xordiq chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va virtual poligon bilan tanishtirildi. Boshqarma muzeyiga sayohat esa tashrif buyuruvchilarda oʻzgacha bir taassurot qoldirdi.