Yangiliklar

28 Mart 2023

O‘QUVCHILARNING UMUMTA’LIM FANLARI BO‘YICHA BILIMLARI BAHOLANDI

Kuni kecha Andijon garnizonida joylashgan kuch tuzulmalar harbiy xizmatchi va xodimlarning umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6, 7 va 8 sinflaridagi farzandlari o‘rtasida Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan "Yosh matematik" va "Ingliz tili bilimdoni" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval o‘quvchilar mutaxassislar tomonidan yoshi va tanlov yo‘nalishiga qarab ajratib olindi. Tanlov qiziqarli va kurashlarga boy bo‘lib, yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib, qizg‘in jarayonlarga boy bo‘lgan bilimlar bellashuvining yakuniga ko‘ra Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining farzandlari faxrli o‘rinlarni egalladilar. Sovrindorlarga Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.