Yangiliklar

21 Aprel 2023

O‘QUVCHILAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR NAMOYISHI

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamol topishlarini ta’minlash hamda ularni Milliy gvardiya tizimida professional kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ertamiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida “Abdulla Qodiriy” ijod maktabi o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar markazda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birgalikda, tadbir davomida “Abdulla Qodiriy” ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.