OʻQUVCHILAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNLARI TASHKIL ETILMOQDA
Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularning ongida vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bugungi kunda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha "Qoʻriqlash" boshqarmasida Uychi tumanida joylashgan 36 sonli maktab oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, unda oʻquvchi yoshlar boshqarmada xodimlarning xizmat olib borishlari va madaniy xordiq chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, boshqarmada tashkil etilgan kutubxona, muzey va virtual poligon bilan tanishtirildi. Boshqarma muzeyiga sayohat esa tashrif buyuruvchilarda oʻzgacha bir taassurot qoldirdi.
Shundan soʻng, Milliy gvardiya xodimlari yigʻilganlarga xizmat itlari bilan koʻrgazmali chiqishlari hamda kamondan otish sporti boʻyicha olib borilgan mashgʻulotlar barchada katta qiziqish uygʻotdi. Yoshlar uchun tashkil etilgan namoyishlar oʻquvchilarning qalbida kelajakda harbiy boʻlish istagining paydo boʻlishiga xizmat qilgan boʻlsa ajabmas.