Yangiliklar

15 Aprel 2023

O‘QUVCHILAR TALQINIDA SOHIBQIRON SIYMOSI OLIB CHIQILDI

Ta’kidlash joizki, umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk sohibqiron Amir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati, adolatparvarligi, bunyodkorligi mujassamdir.
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan Shahrisabz shahridagi 2-sonli maktabning harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashgan sinf o‘quvchilari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ertamiz egalari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarning Amir Temur tarixini yodga oluvchi qiziqarli ma’ruzalari tinglandi.
E’tirof etish lozimki, yoshlarning Sohibqiron tarixini madh etuvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar kuy va qo‘shiqlar, bir-biridan go‘zal raqslar tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir yakunida ushbu kechaning tashkil etilishida faol qatnashgan o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.