O‘QUVCHILAR HARBIY-SPORT MUSOBAQASIDA BELLASHDILAR
Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat "Qo‘riqlash" hamda Mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 va 11 sinflarida o‘qiyotgan o‘quvchilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
"Vatan tayanchi" otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasida jami 10 ta jamoa ishtirok etib, qo‘yilgan shartlar bo‘yicha o‘zlarining qanday kuch va mahoratga ega ekanliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.