HARBIY QISM VA BO‘LINMALARDAGI YOSHLAR BILAN ISHLASH MЕXANIZMLARI BЕLGILAB OLINDI
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashining Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan 2023 yil 1 chorakda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvda har bir boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining hisobotlari eshitildi va ayrim harbiy qism va boshqarmalar boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilarining kamchiliklari muhokama qilindi.
Tadbir davomida kelgusida qilinadigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi. Bundan tashqari hozirda viloyat bosqichi o‘tkazilayotgan "Ajdodlar izidan" intellektual tanlovining vazirlik hamda respublika bosqichlarida xam faol ishtirok etishlari uchun ishtirokchilarga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish yuzasidan takliflar berib o‘tildi.