"QOʻRIQLASH" BOSHQARMASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi va 4-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun Toʻraqoʻrgʻon tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
Dastlab boʻlim maʼrifat xonasida tashrif buyuruvchilar bilan kitob va uning inson hayotida tutgan oʻrni haqida davra suhbati oʻtkazildi. Shundan soʻng boʻlimda xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarliklarini oshirishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, oʻzbek jang sanʼati ustalari va yosh isteʼdodli doirachilar oʻzlarining qiziqarli chiqishlari bilan tashrif buyuruvchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar.
Tadbir yakunida kamondan otish federatsiyasi murabbiylari va boshqarma xodimlari tomonidan ishtirokchilari uchun kamondan otish sport turi boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.