YOSHLAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Kuni kecha Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy oʻquv markazida oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sohaga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ot sporti, kamondan otish sport turlari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi. Shuningdek, harbiy texnikalar namoyishi hamda Kinologiya xizmati xodimlari tomonidan namoyish chiqishlari yigʻilganlarga birdek manzur boʻldi.
Tadbir yakunida "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtilib, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarini oldi.