Qonun ustuvorligi – taraqqiyot garovi!
Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida "Konstitutsiya bilan kuchlimiz, birgalikda qudratlimiz" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbatda Fargʻona harbiy sudi, viloyat harbiy prokuraturasi masʼullari va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Konstitutsiyaning ahamiyati va uning mamlakatimiz hayotidagi oʻrniga eʼtibor qaratildi. Suhbatda ishtirokchilar Konstitutsiyaning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari va erkinliklari, jamoat tinchligi va huquqiy davlatni barpo etishdagi rolini aytib oʻtildi.
Shu munosabat bilan Fargʻona harbiy sudi raisi Sh.Xashimov oʻz soʻzida Konstitutsiyaning har bir fuqaroga birdek huquq va imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyatini, davlat hokimiyatining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarning aniq va aniq amalga oshirilishini aytib oʻtdi.
Tadbirni oʻtkazish orqali yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularda mamlakatimizga boʻlgan sevgi va sadoqatni tarbiyalashga eʼtibor qaratildi.