Yangiliklar

17 May 2023

ONALARGA EHTIROM

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi homiyligida chop etilgan, yosh ijodkor shoir Zohid Ziyoning "Onamga" nomli she’riy kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi yosh xodimlari ishtirok etib, shoir qalamiga mansub sherlardan bahramand bo‘ldilar.

Shoir-u yozuvchilar ijodida onalar mavzusiga ko‘p murojaat etiladi. Zero, farzandlari, oilasi uchun borlig‘ini, joiz bo‘lsa, sog‘ligi-yu hayotini bag‘ishlashga tayyor onalar har qancha ta’rif-u tahsinga sazovor.

Mazkur she’riy to‘plamda ham asosiy o‘rinni onalarga atalgan ko‘ngil bitiklari, dil izhorlari egallaydi. Ularda farzandlik burchini ado etishga chog‘langan yosh yurak siymosi yaqqol namoyon bo‘ladi.